- RRTMda umumiy rahbarlikni amalga oshirish, RRTMning tehnik direktori va Bosh direktorning o’rinbosari faoliyatini muvofiqlashtirish;
- O’zbekiston Respublikasi Qonunlarini, O’zR Vazirlar mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston aloqa va ahborot agentligi, hamda boshqa boshqaruv organlarining buyruqlari va farmoyishlari ijro etilishini ta’minlaydi;
- RRTM kengashi majlislarini, haftalik ishchi kengashlar va mehnat jamoasining turli majlislarini o’tkazadi;
- umumiy RRTM va uning viloyat filiallari rivojlantirishga yo’naltirilgan turli dasturlar va rejalar tuzilishi, ularni bajarilishini nazorat qilishni tashkil qiladi;
- RRTM boshqaruv tarkibini takomillashtirish bo’yicha ishlarga rahbarlik qiladi;
- viloyat filiallari, sho’’ba korhonalari faoliyatining asosiy yo’nalishlarini aniqlaydi, belgilangan tartibda rahbarlarni tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi. O’zAAA bilan kelishuvi bo’yicha viloyat filiallarini tashkil qiladi, qayta tashkil va tugatadi;
- viloyat filiallari, sexlar va korhona hizmatlarining faoliyati holatini tahlil bo’yicha ishlarni o’tkazadi;
- radioaloqa, radioeshittirish va televidenie tarmoqlarini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining istiqbolli va qisqa muddatli prognozlari ishlab chiqilishini tashkil qiladi;
- korhonaning joriy va tezkor faoliyatini tashkil qiladi, markaz jamoasiga rahbarlik qiladi, ishlab chiqarish va moliya-xo’jalik faoliyatini, hamda mehnat, xo’jalik, shartnomaviy va moliya intizomini boshqarishda qonunchilikga rioya qilinishini ta’minlaydi;
- radioaloqa, radioeshittirish va televidenie tizimida tarif siyosati va marketing hizmatlarini takomillashtirish bo’yicha ishlarga rahbarlik qiladi va O’zAAAda hizmat ko’rsatishlarga tariflarni kelishib oladi;
- RRTMning viloyat va umuman korxonani moliya iqtisodiy holatini barqarorlashtirish bo’yicha chora-tadbirlar takomillashtiradi;
- buxgalteriya, iqtisodiy bo’lim, maxsus bo’lim, kadrlar bo’limi, RRTM tarmoqlari tizimini va barcha viloyat filiallarining tarmoqlarini boshqaruvchi xizmatlari faoliyatlarini muvofiqlashtiradi;
- mutahassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash yo’naltirilgan chora-tadbirlar tashkil qilish va bajarilishini nazorat qilish;
- O’zAAA rahbariyati oldida O’zbekiston Respublikasi Qonunlari ijro etilishi bo’yicha ishlarni tashkil etilishi uchun shahsiy javobgarlikdir.
Rahbariyat

Ziyaev G`olibsher Meliboevich
Mansab:
Bosh direktor
- Majburiyatlar
- Murojaat uchun
Telefon: 235-65-16
Faks: 234-45-17
Qabul kunlari: har oyning birinchi va ohirgi payshanba kuni soat 09.00 dan – 12.00 gacha

Abidov Basit Kazimovich
Mansab:
Texnik direktor
- Majburiyatlar
- Barcha filiallarda va Toshkent hududining tuzilmalarida radioaloqa, radioeshittirish va televideniye vositalarini texnikaviy ekspluatasiya qilish bo’yicha chora-tadbirlarlarni tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;
- radioaloqa, radioeshittirish va televideniyeni rivojlantirish va takomillashtirish tadqiqotlari muammolari bo’yicha chora-tadbirlarlarni rejalashtiradi va bajarilishini ta’minlaydi;
- RRTMning normativ hujjatlarini ishlab chiqish, shu hisobda korxonaning lisenziyasi va ustavini olish, hamda yangilash bo’yicha ishlarni tashkil qiladi;
- metrologik ta’minlash, standartlashtirish va o’lchash texnikasi sohasida RRTMning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
- filiallar, sexlar, Toshkent hududi xizmatlarining texnik holatini tahlil qilish bo’yicha ishlarni o’tkazadi;
- radioaloqa, radioeshittirish va televideniye tarmog’ini rivojlantirish va kengaytirishga yo’naltirilgan turli loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish ishlariga rahbarlik qiladi;
- o’zining vakolatiga kirgan turli texnik masalalari bo’yicha barcha tashkilotlar bilan o’zaro harakat qiladi;
- teleminoralar va machtalarning metall konstruksiyalaridan samarali foydalanish, teleradioeshittirish uzatkichlarini ijaraga berish, RRTMning texnik vositalariga biriktirilgan radiochastotalar spektridan oqilona foydalanish masalalari bo’yicha RRTMning turli xo’jalik yurituvchi sub’ektlari, shu hisobda davlat boshqaruv organlari bilan (O’zteleradiokompaniyasi bundan istisno) o’zaro harakatlarini muvofiqlashtiradi;
- radioaloqa, radioeshittirish va televideniyeni tarmog’ini rivojlantirish uchun uskunalar va ehtiyot qismlarni yetkazib berish, uskunalarni montaj qilish va ekspluatasiyaga kiritish masalalarining texnik nuqtai nazarida ishtirok etadi;
- teleradiodasturlarni tarqatish texnik vositalarini, o’lchash texnikasini, avtotransportni, turli mexanizmlarni, signalizasiya, qo’riqlov va aloqa tizimlarini ta’mirlashga, texnik xizmat ko’rsatishga va modernizasiyalashga turli shartnomalarni tayyorlash, tuzish va bajarish ishlariga rahbarlik qiladi;
- RRTM texnik komissiyasi ishlarini tashkil etadi, ushbu komissiyaning raisi bo’ladi;
- ishlad chiqarish bo’limi, avtotransport va mexanizasiya xizmati, ishlab chiqarish-texnik laboratoriyasi, metrologiya xizmati, 23-sonli radioreleli stantsiyasi va viloyat filiallarining texnik ekspluatasiya qilish masalalari bo’yicha faoliyatlarini muvofiqlashtiradi;
- RRTM Bosh direktori oldida, radioaloqa, radioeshittirish va televideniye vositalarini texnik ekspluatasiya qilish qoidalari so’zsiz bajarilishini tashkil etish ishlari uchun javobgardir.
- Murojaat uchun
Telefon: 235-65-16
Faks: 234-45-17
Qabul kunlari: har oyning ikkinchi va uchinchi chorshanba kuni soat 15.00 dan – 17.00 gacha

Lavozim vaqtincha vakant
Mansab:
Bosh direktor o'rinbosari
- Majburiyatlar
- Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye, shu hisobda xorijiy investisiyalar bo’yicha ham, tarmoqlarni rivojlantirish uchun uskunalar va ehtiyot qismlarni yetkazib berish, uskunalarni montaj qilish va ekspluatasiyaga kiritish masalalari bo’yicha tender va tanlov savdolarni tashkil etishda ishtirok etadi;
- ustav fondida RRTM ulushi bor turli korxonalar, shu hisobda xorijiy korxonalar faoliyatida ishtirok etadi;
- viloyat filiallarining texnik inshootlari qurilishi va kapital ta’mirlash masalalarini muvofiqlashtiradi;
- tarkibiy tuzilmasi, moddiy vositalari zaxirasining normalari va jamlash rejalarini aniqlash bilan RRTMni fuqarolik mudofaasi bo’yicha mobilizasiya ishlarini tashkil etadi;
- RRTMning barcha texnik vositalaridan foydalanib, avariya tiklash ishlari bajarilishini tashkil qiladi;
- alohida muhim chora-tadbirlar o’tkazilishida, favqulotda vaziyatlar va idoralar, shu hisobda Mudofaa Vazirligi bilan o’zaro harakat qiladi;
- aloqaning axborot xavfsizligini, RRTMning toifalangan ob’yektlarining qo’riqlash rejimi ta’minlanishi masalalarini muvofiqlashtiradi, ijtimoiy rivojlanish masalalari bo’yicha kasaba uyushmalari organlari bilan o’zaro harakat qiladi;
- xizmat ko’rsatish marketingi, filiallarda reklama faoliyati, shu hisobda Toshkent teleminorasida ham («Koinot» restorani, teleminorada ekskursiyalar o’tkazish) faoliyati bo’yicha ishlarni tashkil qiladi;
- RRTMda O’zbekiston Respublikasi davlat tilini joriy etish bo’yicha komissiya ishlashiga rahbarlik qiladi;
- o’zining vakolatligi doirasida moddiy-texnik ta’minot bo’limi, 1 va 3 radiostansiyalar, liniya-texnik sexi, KRA va viloyat filiallari faoliyatini muvofiqlashtiradi RRTM Bosh direktori oldida, yuklangan majburiyatlar ijro etilishini tashkil etish uchun shaxsiy javobgardir.
- Murojaat uchun
Telefon: 235-65-16
Faks: 234-45-17
Qabul kunlari: har seshanba kuni soat 15.00 dan 17.00 gacha
Davlat resurslari

- O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
www.aci.uz 
- Davlat Hokimiyati Portali
www.gov.uz 
- O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
www.uza.uz - O’zbekiston aloqa tarixi muzeyi
www.aloqamuzeyi.uz

