A
x up auto down

«RRTM» DUK xodimlari soha va korxonaning faxriy unvonlari bilan taqdirlanishdi

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yilligi arafasida Oʻzbekiston aloqa tarixi muzeyida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasidagi korxonalar rahbarlari va xodimlari ishtirokida tantanali yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yig'ilishda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasining yuqori darajada yuksaltirish hamda ravnaqi yo‘lida faoliyat yuritayotgan, mamlakat iqtisodiyoti va sohaning rivojlanishiga o‘zlarining salmoqli hissaslarini qo‘shib kelayotgan Vazirlik tizimidagi aksiyadorlik kompaniyalari, jamiyatlari, korxona, tashkilot, muassasalari hamda mobil aloqa operatorlarining  xodimlari va mutaxassislarining samarali mehnatlarini rag‘batlantirish tadbiri tashkil etildi.

Ushbu bayramona kunda sohada mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar  sohaning “Mohir aloqachi”, “Faxriy yorliq” va “O‘z kasbining ustasi” belgisi faxriy unvonlari bilan taqdirlandilar.

Taqdirlanganlar qatorida «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» davlat unitar korxonasining:

1.  Samarqand Radioteleuzatish markazi boshlig'i - “Faxriy yorliq”;

2.  Andijon Radioteleuzatish markazi Farg'ona Radiotelevizion stansiyasi boshlig'i Bozorov Ismoil Obidovich  - «Faxriy yorliq»;

3. "RRTM" DUK Reja-iqtisodiyot bo'limi Yetakchi mutaxassisi Inogamova Surayyo Fayzullayevna - “O‘z kasbining ustasi” belgisi;

4. "RRTM" DUK Dispetcherlik guruhi aloqa dispetcheri Achkasova Yelena Yur'yevna - “O‘z kasbining ustasi” belgisi;

5. Xorazm Radioteleuzatish markazi Kadrlar bilan ishlash va malaka oshirish bo'yicha 1-toifaki mutaxassisi Usmanova Sharifa Aslonovna - “O‘z kasbining ustasi belgisi;

faxriy unvonlari bilan taqdirlanishdi.

Ushbu topshirilgan unvonlar Korxonamiz faoliyatiga berilgan e’tibor deb bilamiz hamda kelgusida yurtimiz ravnaqi, sohamiz rivoji uchun amalga oshirib kelayotgan ishlarimizni yanada samarali bajarishga chorlaydi.

Shuningdek joriy yilning 30 avgust kuni mamlakatimiz 27 yilligi munosabati bilan korxona rivojlanishiga va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga fidokorona mehnatlari bilan munosib hissa qo'shib kelayotgan bir guruh xodimlari:

Payziyev Komiljon Xasanovich - Navoiy RTUM TET guruhi yetakchi muhandisi

Ostanaqulov Axadjon Mexmonqo‘ziyevich - Andijon RTUM Qo‘qon RTS muhandisi

Abdullayeva Nigora Gulamovna - Toshkent RTUM bosh buxgalteri

Narkulov Abdukarim Abduraimovich - Surxondaryo RTUM Kadrlar bilan ishlash va malaka oshirish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi

Sadullayev Sanjarbek Sultonovich - Xorazm RTUM direktori

Yuldasheva Xilola Jabborovna - Qashqadaryo RTUM Kadrlar bilan ishlash va malaka oshirish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi

Mirxalimova Iroda Xolovna - Samarqand RTUM bosh buxgalteri

Mirxalimova Iroda Xolovna - Dispetcherlik guruhi aloqa dispetcheri

Xalxodjayev Iskandar Ibragimovich - 3-son radiostansiya 3-sexi boshlig‘i

Shamsutdinov Rinat Yax’yayevich - Texnik ekspluatatsiya va qo‘llab-quvvatlash xizmati boshlig‘i

"RRTM" DUK "Faxriy yorlig'i" bilan taqdirlandilar.

Taqdirlangan barcha xodimlarimizni unvonlar bilan qutlaymiz hamda kelgusi faoliyatlariga muvaffaqqiyat va zafarlar tilaymiz.