A
x up auto down

DVB-T va DVB-T2 standartlari haqida tushuncha

So‘nggi vaqtlarda DVB-T va DVB-T2 standarti degan so‘zlar tez-tez gapirilmoqda va foydalanilmoqda. DVB-T bu, DVB — inglizcha Digital Video Broadcasting (raqamli video uzatish), T/T2- inglizcha Terrestrial (yer usti) ya’ni raqamli televideniye dasturlarini efir orqali uzatish standarti demakdir.

Mamlakatimizda raqamli televideniyega o‘tishning ilk davrlarida raqamli televideniyening DVB-T standarti qo‘llanilgan edi. Yillar davomida televideniye rivojlanib, raqamli televideniyening DVB-T standarti takomillashtirilib,
DVB-T2 standarti yaratilishi bilan mamlakatimizda ham ushbu standartdagi teleuzatkichlar o‘rnatila boshladi. DVB-T2 standartining DVB-T standartidan eng asosiy afzalliklari signalning xalaqitbardoshliligi va uzatiladigan kanallar sonini 14-16 tagacha yetkazish mumkinligidadir.