A
x up auto down

Efirga uzatilayotgan telekanallar sonini oshirish masalasi

“Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUK hozirgi kunda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (MTRK), nodavlat telestudiyalar hamda “Uzdigital TV” MChJ buyurtmalariga muvofiq shartnoma asosida Respublika hududlariga tele va radio dasturlarni efirga uzatish faoliyatini amalga oshiradi.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, nodavlat teleradiokompaniyalar (“Mening Yurtim”, “Milliy TV”, “Zo’R TV”, “Uzreport TV”) o‘z teleradiodasturlarini respublika hududida yoki ma’lum bir hududda efirga uzatish bo‘yicha “RRTM” DUKga rasmiy buyurtma berib, shartnoma tuzib, ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovni kafolatlagan taqdirda, “RRTM” DUK ushbu telekanallar dasturlarini raqamli teledasturlar tarkibida (belgilangan hududga) uzatib berishning texnik imkoniyatlarini o‘rganib chiqadi.

Изображение: