A
x up auto down

Qoraqalpog'iston Respublikasida analog teledasturlar efiri to'xtatildi

2017 yilning 17 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Raqamli teleeshittirishlarga o‘tish va yer usti analog teleeshittirishlarni to‘xtatishga doir  chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 502-son qarori qabul qilingan. Qarorda O‘zbekiston Respublikasida yer usti analog teleeshittirishlarni bosqichma-bosqich to‘xtatish jadvali  tasdiqlangan bo‘lib unga ko‘ra, 2018 yilning 15 yanvaridan boshlab to 5 dekabriga qadar butun respublika bo‘ylab analog formatdagi barcha teleeshittirishlar to‘xtatilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan, Qoraqalpog'iston Respublikasidagi:
 

Nukus RTS;
Mang'it RST;
Qo'ng'irot RTS;
Shumanay RTS;
Mo'ynoq RTS;
Jasliq RTS;
Komsomolsk RTS;
Taxtako'pir RTSlardan

analog formatida tarqatib kelingan "O'zbekiston", "Yoshlar", "Sport" va "Qoraqalpog'iston" telekanallari dasturlari efiri 10 sentyabrdan boshlab to'xtatildi. Endilikda ushbu teledasturlarni faqatgina raqamli formatda ko'rish imkoni mavjud. Raqamli teledasturlarni ko'rish uchun eski rusumdagi televizorlarga raqamli tyuner qurilmasini ulash talab etiladi. Zamonaviy televizorlarda esa qo'shimcha qurilmalarni ulash talab etilmaydi.

Ma'lumot uchun, joriy yilning 15 yanvaridan Andijon, Farg'ona, Namangan va Toshkent viloyatlari, 15 apreldan Sirdaryo viloyati, 15 maydan Jizzax viloyati, 1 iyundan Samarqand viloyati, 15 iyundan Buxoro va Navoiy viloyatlari, 1 iyuldan Xorazm viloyati, 15 iyuldan Toshkent viloyatida efir orqali uzatilayotgan analog formatdagi teledasturlar efiri to'liq to'xtatilgandi.