A
x up auto down

Raqamli televideniye haqida tushuncha

Bugungi kunda zamonaviy televideniya raqamli televideniya deb ataladi. Hozirgi zamon raqamli televideniyaning imkoniyatlari juda keng. Unda radio to‘lqinli spektorni samarali qo‘llash va ko‘p dasturli televizion ko‘rsatuvlarni uzatish, interaktiv xizmatlarni joriy etib, yuqori aniqlikdagi televizion videotasvirlarni uzatish imkoniyatlari mavjud. Yer usti raqamli efir televideniyesi – bu ko‘p dasturli televideniye xizmatlarini taqdim etish, teledasturlarning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, qo‘shimcha interaktiv xizmatlarni ko‘rsatish demakdir. Videotasvirlarni yuqori darajada aniqlik bilan uzatish imkoniyati paydo bo‘lmoqda. Raqamli teleko‘rsatuvlar mamlakatimiz chastota resurslaridan yanada samarali foydalanish, bitta an’anaviy telekanal o‘rniga bir qancha raqamli telekanallarni shakllantirish va uzatish imkonini beradi.