A
x up auto down

Raqamli televideniyening analog televideniyedan qanday farqi bor va qanday afzalliklarga ega?

Raqamli televideniyening analogli televideniyedan farqi, avvalo bu tasvir sifatida ko‘zga yaqqol tashlanadi. Chunki tasvirni uzatish hamda qabul qilish jarayonida raqamli qayta ishlanishi yanada yuqori sifatga erishish imkonini beradi. Ilgari uydagi televizor juda kam holatlarda a’lo darajada ko‘rsatardi, ekrandagi tasvirlar jimirlashib, turli tashqi ta’sirlar kuzatilardi, tasvir tez-tez yo‘qolib qolar edi. Yangi shakldagi televideniyeda esa tashqi ta’sirlar sezilarli darajada kamayib, tasvirning ravshanligiga erishilgan.

Buni tovush sifatida ham ko‘rish mumkin. Avvallari televizorda tovush birmuncha noaniq chiqar, shovqin bilan eshitilardi. Raqamli televideniyeda ovoz stereo yoki 5.1. shaklida uzatilishi bilan ham ustundir.

Bundan tashqari, raqamli televideniyening joriy qilinishi butun respublika bo‘ylab yanada ko‘proq teledasturlarni namoyish etish imkonini beradi. Analogli TVda bitta uzatkich bitta dasturni yetkazib berardi. Tabiiyki, 12ta dasturni uzatish uchun 12 ta uzatkich o‘rnatish kerak bo‘lardi. Bu esa radiochastota kanallari yetishmasligi sababli imkonsiz edi, qolaversa, katta xarajat talab qilardi. Raqamli televideniyeda bitta uzatkich 12 — 16 tagacha dasturni tarqata oladi. Misol tariqasida hozirda respublika bo’ylab raqamli televideniyening DVB-T2 standartida 18 ta telekanal dasturlari uzatib berilmoqda.

Изображение: