A
x up auto down

Respublikada to‘liq DVB-T2 standartiga o‘tiladimi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 17 apreldagi PQ-1741-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida raqamli televideniyega texnik va texnologik o‘tish bo‘yicha Davlat dasturi” hamda 2014 yil 3 apreldagi PQ-2157-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi yer usti raqamli televideniye tarmog‘ini rivojlantirish” investitsion loyihasini amalga oshirish doirasida Respublikada DVB-T2 ctandartidagi raqamli teleuzatkichlar o‘rnatilmoqda. Shu munosabat bilan, joriy yilning iyul oyiga qadar respublikada raqamli televideniyening DVB-T standarti DVB-T2 ctandartiga o‘tkazilishi rejalashtirilgan.