A
x up auto down

Respublikada raqamli televideniyega qachon to‘liq o‘tiladi?

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan 2012 yil 17 aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida raqamli televideniyega texnik va texnologik o‘tishga doir Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Qarorida sohadagi me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, raqamli televideniyega ikki bosqichda o‘tish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasida raqamli televideniyega texnik va texnologik o‘tish Davlat dasturi doirasida respublika aholi punktlarini raqamli televideniye bilan to‘liq qamrab olish, bundan tashqari, “O‘zbekiston Respublikasi yer usti raqamli televideniye tarmog‘ini rivojlantirish” investitsion loyihasini amalga oshirish uchun taqdim etilgan imtiyozli kreditdan samarali foydalanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 3 aprelda “O‘zbekiston Respublikasida yer usti raqamli televideniye tarmog‘ini rivojlantirish uchun Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiyaning boshqa tijorat banklari imtiyozli kreditlarini jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

Yuqoridagi Hukumat qarorlari asosida Respublikamizda bosqichma-bosqich raqamli televideniyega o‘tilmoqda. “O‘zbekiston Respublikasi yer usti raqamli televideniye tarmog‘ini rivojlantirish” investitsiya loyihasiga muvofiq, 2016-2017 yillarda Respublikaning viloyat markazlari va yirik shaharlariga DVB-T2 standartidagi yuqori quvvatli raqamli teleuzatkichlar hamda tog‘li va borish qiyin bo‘lgan aholi punktlariga kam quvvatli raqamli teleuzatgichlar o‘rnatish va Respublika aholisini to‘liq raqamli televideniye signallari bilan qamrab olish rejalashtirilgan.

Изображение: