A
x up auto down

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani fuqarolari bilan sayyor uchrashuv o’tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyati va tizimdagi aksiyadorlik kompaniyalari, jamiyatlari, korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari tomonidan 2017 yil I yarim yilligida respublika hududlaridagi shahar va tumanlarda o‘tkaziladigan jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilish bo‘yicha sayyor qabullar jadvaliga asosan, 2017 yilning 7 iyun kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida aholi ishtirokida sayyor uchrashuvi o’tkazildi.

Yig‘ilish Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida, jumladan hududdagi televideniye va radiodasturlarni uzatib berish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va ushbu yo‘nalishda jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati bo‘yicha ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasida sohaga hamda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini rivojlantirish va tartibga solishga oid qonun va qonunosti hujjatlarning mazmun-mohiyati, telekommunikatsiya sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqaro va tadbirkorlik sub’ektlariga aloqador normativ-huquqiy hujjatlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Yig‘ilishda «RRTM» DUK Bosh direktor o‘rinbosari A.Matkarimov tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javoblar va tegishli tavsiyalar berildi. Bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Tadbir ishtirokchilari mamlakatimizda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida, jumladan radioaloqa, radioeshittirish va televideniye yo‘nalishida olib borilayotgan keng qamrovli ishlar to‘g‘risida xabardor bo‘ldilar.