A
x up auto down

Toshkent teleminorasida sayyohlarga telefon va fotoapparatlardan foydalanishga ruxsat etildi

Toshkent teleminorasiga tashrif buyuruvchilar va sayyohlar uchun yanada qulayliklar yaratildi. Endi ular Toshkent shaxrining eng go‘zal va ko‘rkam maskanlarini foto (selfi) va video suratga olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 fevraldagi «Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
PQ-3509-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tegishli buyrug‘iga muvofiq amalga oshirildi.

Bu orqali Toshkent teleminorasiga tashrif buyuruvchi turistlar teleminoraning foyesida, 100-110 metr balandlikda joylashgan tomosha maydonchasi va “Koinot” restoranida foto (selfi) va video suratga olishlari mumkin.