A
x up auto down

Yangi efirga uzatilayotgan telekanallar qaysi standartda ko‘rsatiladi? Teletomoshabinlarga bu borada maslahatlar.

“O‘zbekiston Respublikasi yer usti raqamli televideniye tarmog‘ini rivojlantirish” investitsiya loyihasi asosida respublikamizda DVB-T2 standartidagi raqamli teleuzatkichlar o‘rnatilmoqda.

DVB-T standartidagi raqamli signallarni qabul qilishga moslashtirilgan televizor va tyuner qurilmalari DVB-T2 standartida uzatilayotgan teledasturlarni qabul qila olmaydi. Hozirgi kunda respublika hududlariga uzatilayotgan nodavlat «Mening Yurtim», “Milliy TV”, “Uzreport TV”, «Zo’r TV» telekanallari dasturlari DVB-T2 standartida uzatilmoqda. Kelgusida ishga tushiriladigan yangi telekanallar ham
DVB-T2 standartida uzatib beriladi.

Shu munosabat bilan, mamlakatimiz aholisi DVB-T2 standartidagi raqamli signallarni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan televizor va tyuner qurilmalarini xarid qilgan holda yangidan yangi ishga tushirilayotgan telekanallarni tomosha qilishlari mumkin.

Eski avlod televizorlari yoki DVB-T standartidagi signallarni qabul qilishga moslashtirilgan televizoridan foydalanuvchilar DVB-T2 standartidagi raqamli (“Set-top-Box”) tyuner qurilmasini ulagan holda qo‘shimcha telekanallarni ko‘rishlari mumkin.

Изображение: