A
x up auto down

Yosh olimlar kengashiga «RRTM» DUK faoliyati tanishtirildi

2017 yilning 24 may kuni Muhammad l-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universitetida Yosh olimlar kengashining 4-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu Kengash joriy yilning fevral oyida TATU qoshida tashkil etilgan bo‘lib, asosiy faoliyati ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, ilmiy maktablarni yaratish va yosh pedagog kadrlar tayyorlashda akademiklarning boy hayotiy tajribasidan foydalanish, ta’lim va ishlab chiqarish hamkorligi hamda integratsiyasini mustahkamlash, soha korxonalarining ilmiy ishlar bilan shug‘ullanayotgan malakali va salohiyatli mutaxasislariga doktorlik dissertatsiyalarini yoqlashda ko‘maklashish hamda birgalikda ilmiy seminarlar o‘tkazish, innovatsion loyihalar va ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirishga qaratilgan.

Kengashning ushbu yig‘ilishida kun tartibi bo‘yicha “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUK  faoliyati va sohada yechimini topishi kerak bo‘lgan masalalar ko‘rib chiqildi.

“RRTM” DUK O‘quv markazi boshlig‘i T. Hidoyatov ushbu masala yuzasidan so‘zga chiqib, ishtirokchilarni Korxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. Yig‘ilganlar tomonidan sohani kelgusi rivojlanish istiqbollari bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi. Yosh olimlar tomonidan ixtiyoriy ravishda “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye” sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun yo‘nalishlar belgilab olindi.