A
x up auto down

Raqamli teledasturlarni qanday ko‘rish mumkin?

Raqamli teledasturlarni ko’rish uchun:

Eski avlod televizorlarga standart antenna va DVB-T2 standartidagi raqamli (“Set-top-Box”) tyuner qurilmasini ulash lozim;

Zamonaviy televizorlarga esa faqatgina standart antennani ulash kifoya. Chunki ushbu televizorlarning ichida maxsus tyuner moslamasi o’rnatilgan bo’ladi.

        Tavsiya: Televizor xarid qilayotganda, ushbu televizorda DVB-T2 standartida ishlaydigan tyuner bor-yo‘qligiga e’tibor qaratish lozim. Mahsulotning texnik tavsifida bu haqida batafsil axborot berilgan bo‘ladi. Bunday televizor raqamli televideniyega ulanish uchun ortiqcha qurilmalarni talab qilmaydi. Bugungi kunda mamlakatimiz va xorijda ishlab chiqarilayotgan aksariyat televizorlarda DVB-T2 standartida ishlaydigan tyunerlar mavjud.

Respublikamizda bugungi kunda raqamli televideniyening DVB-T2 ctandartida uzatilayotgan ochiq to‘plami tarkibida uzatilayotgan teledasturlarni ko‘rish bepul.