A
x up auto down

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida aholi vakillarini sayyor qabuli o‘tkazildi

«RRTM» DUKning  joylarda tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda jismoniy va yuridik shaxslar vakillari ishtirokida sayyor qabullarni tashkil etish bo‘yicha tasdiqlangan reja-jadvaliga asosan, 2018 yilning 22 fevral kuni Qashqadaryo viloyatining Shaxrisabz tumanida sohadagi tashkilotlar, tuman hokimligi, tuman xotin-qizlar uyushmasi, yoshlar markazi vakillari, mahalla, qishloqlar raislari, faollari va aholi ishtirokida sayyor qabul yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida, jumladan hududdagi televideniye va radiodasturlarni uzatib berish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va ushbu yo‘nalishda jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati bo‘yicha ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasida sohaga hamda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini rivojlantirish va tartibga solishga oid qonun va qonunosti hujjatlarning mazmun-mohiyati, telekommunikatsiya sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqaro va tadbirkorlik sub’ektlariga aloqador normativ-huquqiy hujjatlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Yig‘ilishda ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javoblar va tegishli tavsiyalar berildi. Bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Тадбир иштирокчилари мамлакатимизда Алоқа, ахборотлаштириш ва телекоммуникатсиялар соҳасида, жумладан радиоалоқа, радиоешиттириш ва телевидение йўналишида олиб борилаётган ишлар тўғрисида хабардор бўлдилар.