A
x up auto down

JAMOA SHARTNOMASINING BAJARILISHI BO‘YICHA "RRTM" DUK MEHNAT JAMOASINING KONFERENSIYASI BO‘LIB O‘TDI

2018 yil 15 avgustda “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUK O‘quv markazi auditoriyasida 2018 yilning birinchi yarim yilligida Jamoa shartnomasining bajarilishi bo‘yicha RRTM DUK mehnat jamoasining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada Korxona bosh bo‘linmasi va Toshkent RTUM filialidan saylangan 14 nafar delegat bevosita auditoriyada, hududiy filiallardan saylangan 39 nafar delegatlar videoselektor orqali ishtirok etishdi.

Shuningdek, Konferensiyada O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Tashkiliy masalalar bo‘yicha mutaxassisi To‘rayeva Ra’no Sidikovna ishtirok etdi.

Konferensiya ish jarayonida Jamoa shartnomasining barcha bandlari bajarilganligi, o‘rtacha oylik ish haqi 34 foizga oshganligi, respublikamizning tarixiy shaharlari va qadamjolariga sayohat va ekskursiyalar uyushtirilganligi qayd etildi, shuningdek, RRTM DUKning “Mehnat faxriylari kengashi” to‘g‘risidagi nizomi loyihasi muxokama qilindi va ma’qullandi.

Anjuman davomida kelajak rejalar belgilab olindi va tegishli qarorlar qabul qilindi.