A
x up auto down

"RRTM" DUK XODIMLARI UMUMXALQ HAYRIYA HASHARIDA ISHTIROK ETISHDI

Mustaqilligimizning yigirma yetti yilligi va Qurbon hayiti bayramlarini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, respublikaning barcha hududlarida sanitariya holatini yaxshilash maqsadida, 2018 yil avgust oyida mamlakatimizning barcha hududlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi hamda 18-19 avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o'tkazilishi belgilanganligi munosabati bilan "RRTM" DUK xodimlari tomonidan xashar o'tkazildi. Vatanimiz gullab yashnashi yo’lida o’z hissalarini qo’shish maqsadida korxona xodimlari umumxalq xayriya hasharda hamjihatlikda faol qatnashishdi. Hasharda bino va hududlar atrofi obodonlashtirildi, ariqlar chiqindilardan tozalandi va ozoda holga keltirildi. Daraxtlarni oqlash va shakl berish ishlari amalga oshirildi. Hasharda qatnashchilari uchun barcha qulay shart-sharoitlar yaratilib, ular uchun dasturxon yozildi. "RRTM" DUK va uning hududiy filiallarida umumxalq hayriya hashari bayramona va ko'tarinki kayfiyatda tashkil etildi.