A
x up auto down

Xiva shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirildi

Bugungi kunda mamlakatimizda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga katta ahamiyat berib kelinmoqda hamda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi "Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari" to'g'risidagi PQ-3514-sonli Qarori ushbu yo'nalishda amalga oshiradigan vazifalarni belgilab bergan edi. Jumladan, korxona va tashkilotlarga jamoaviy shartnomalarga rag'batlantirish chorasi sifatida o'z xodimlarini har yili oilaviy va jamoaviy dam olishlarga (ichki turizmga) yuborishni tashkil etish vazifalari belgilab berilgandi.

“RRTM” DUK rahbariyati, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi va Yoshlar ittifoqining korxonadagi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan respublikamiz hududida joylashgan diqqatga sazovor qadamjolarga sayyohatlarni uyushtirish masalasiga katta e’tibor qaratilib, xodimlar sayyohatlari muntazam tashkil etib kelinmoqda. Korxonada mehnat qilayotgan xodimlarning madaniy xordiq chiqarishlarini, dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida joriy yilning 1-4 sentyabr kunlari XIva shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirildi.

Sayohat mobaynida xodimlar O'rta Osiyodagi yirik va noyob me'moriy yodgorlik bo'lmish "Ichan qal'a" majmuasini ziyorat qilishdi. Xorazm xalq me'morligining ajoyib obidalari: madrasa, masjid, saroy va minoralar asosan ushbu majmuada joylashgan. Xodimlar ekskursiya davomida Ichan qal'ada joylashgan Said-Olovuddin maqbarasi, Kalta-Minor, Muhammad Aminxon madrasasi, Paxlavon Maxmud maqbarasi, Tosh hovli saroyi, Ko'xna Ark istehkomi, Xo'ja Islom madrasasi, Polvon Darvoza kabi tarixiy-me'moriy obidalarida bo'lishdi hamda yaqindan tanishishdi. 

Xodimlar ushbu sayohatda tarixiy obidalarni ziyorat qilish bilan birga, ularning tarixi, milliy va madaniy qadriyatlar to'g'risidagi ma'lumotlarni ham olib qaytishdi. Ushbu sayohat barchada katta taasurotlar qoldirdi.