A
x up auto down

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklaymiz!

"Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi" davlat unitar korxonasi "14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni" bilan barcha vatandoshlarimizni tabriklaydi. Ona yurtimiz har doim o’zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o’zi yashayotgan yurt tuprog’ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o’z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, alp yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi. Korxona jamoasi nomidan barcha Vatan himoyachilarini ushbu muborak bayram bilan tabriklaymiz hamda ularga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sog’liq-salomatlik tilab qolamiz. Hayotingiz doimo sharaf va zafarlarga to’liq bo’lsin. Vatanimiz osmoni doimo musaffo bo’lishini tilab, barchani Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etamiz! Bayramingiz muborak. azizlar!!!