A
x up auto down

"Davlat va jamiyat farovonligi yo'lida" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi

"RRTM" DUKda joriy yilning 28 fevral kuni navbatdagi ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Ushbu tadbir Davlat va jamiyat farovonligi yo'lida mavzusida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018 yil yakunlari va 2019 yilda O'zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Oliy Majlisga murojaati asosida tashkil etildi.
Tadbirda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti 'Gumanitar fanlar' kafedrasi o'qituvchisi Boboyorov Bobomurod Normatovich o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.
Ma'ruza davomida Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolari, videokonferensiya aloqa tizimi orqali tuman, shahar va viloyatlardagi mahalliy kengashlarga saylangan xalq noiblari hamda barcha bo‘g‘indagi ijro hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, nodavlat tashkilotlar va jamoatchilik vakillari bilan bo‘lib o‘tgan majlisdagi ma’ruzasi asosida tayyorlangan ushbu taqdimot materialida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan o‘ta muhim va dolzarb fikrlar, g‘oyalar, amaliy taklif va tavsiyalarning mazmun-mohiyati ochib berildi. Suxbat jarayonida Murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlarga to'xtalib o'tildi.  2018 yil «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» deb nom berilgani, Davlat dasturi doirasida 21 trillion so‘m va 1 milliard dollarga teng 76 mingta loyiha amalga oshirilgani, o‘tgan yili yaxshi niyat bilan boshlagan ishlarning natijasini ko‘rsatib turgani yana bir bor esga olindi.
Shuningdek, sanoat, qishloq xo‘jaligi, kapital qurilish, transport-kommunikatsiya, servis va xizmat ko‘rsatish sohalarida salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritilgani, ayniqsa, aholi farovonligini oshirish maqsadida joriy yilda ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori o‘tgan yillarga nisbatan sezilarli ravishda oshirilgani haqida ma’lumot berildi.
bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijasi jahondagi yetakchi xalqaro reyting agentliklari tomonidan e’tirof etilayotganini alohida ta’kidlash lozimligini prezident murojaatnomasida aytib o‘tgan edi. Shuni inobatga olgan holda 2019 yil – «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» deb e’lon qilingani bejiz emas. Qolaversa, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish uchun aholi o‘rtasida ishsizlikni kamaytirish, odamlar va oilalarning daromadini oshirish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Tadbirda ishtirok etgan xodimlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlar to'g'risida ma'lumotlarga ega bo'ldilar.