A
x up auto down

Toshkent va Samarqand viloyatlarining tog‘li aholi punktlarida yangi raqamli teleuzatkichlar ishga tushirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 17 apreldagi PQ-1741-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida raqamli televideniyega texnik va texnologik o‘tish bo‘yicha Davlat dasturi” hamda 2014 yil 3 apreldagi PQ-2157-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi yer usti raqamli televideniye tarmog‘ini rivojlantirish” loyihasiga muvofiq, 2016-2017 yillarda Respublikaning viloyat markazlari va yirik shaharlariga DVB-T2 standartidagi yuqori quvvatli raqamli teleuzatkichlar hamda tog‘li va borish qiyin bo‘lgan aholi punktlariga kam quvvatli raqamli teleuzatgichlar o‘rnatish va Respublika aholisini to‘liq raqamli televideniye signallari bilan qamrab olish rejalashtirilgan.
Ushbu loyihalarni amalga oshirish doirasida joriy yilning 27 may kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani Chimyon qishlog’i va Samarqand viloyatining Nurobod tumaniga qarashli Qarnab aholi yashash punktiga DVB-T2 standartidagi kam quvvatli  raqamli teleuzatkichlar o‘rnatilib ishga tushirildi. Ushbu uzatkichlar orqali hududlar aholisiga ochiq to‘plam tarkibidagi raqamli teleradiodasturlarini  uzatib berish yo’lga qo’yildi.