A
x up auto down

Toshkent viloyatining Parkent tumanida sayyor qabul tashkil etildi

2017 yil «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da «RRTM» DUK va uning hududiy Radioteleuzatish markazlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida sayyor qabul uchrashuvlari doimiy tashkil etib kelinmoqda.
Ana shunday yig’ilishlardan biri 2017 yilning 22 may kuni Toshkent Radioteleuzatish markazi tomonidan Toshkent viloyatining Parkent tumanida tashkil etildi. Yig‘ilishda tuman hokimiyati vakillari, mahalla, qishloqlar raislari, faollari, aholi vakillari va tadbirkorlik sub’ektlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, Toshkent Radioteleuzatish markazi direktori X. Xolmuxamedov tomonidan ishtirokchilarning hududdagi radioaloqa, radioeshittirish va televideniye sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bo‘yicha berilgan savollariga batafsil tushuncha va tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, yig‘ilish qatnashchilariga mamlakatimizda raqamli televideniyeni joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan loyihalar, bu bo‘yicha Davlatimiz Rahbari va Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qarorlar, ularning mazmun-mohiyati bo‘yicha ma’lumot berib o‘tildi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollar bo‘yicha ma’lumotlar oldilar hamda mamlakatimizda radioaloqa, radioeshittirish va televideniye yo‘nalishida olib borilayotgan keng qamrovli ishlar to‘g‘risida xabardor bo‘ldilar.