A
x up auto down

Navoiy viloyatining Nurota tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

«RRTM» DUK tomonidan 2017 yil «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da joylarda tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda jismoniy va yuridik shaxslar vakillari ishtirokida sayyor qabullarni tashkil etish bo‘yicha tasdiqlangan reja-jadvaliga asosan, 2017 yilning 19 may kuni Navoiy viloyatining Nurota tumanida sohadagi tashkilotlar, tuman hokimiyati vakillari, mahalla, qishloqlar raislari, faollari va aholi ishtirokida sayyor qabul yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida, jumladan hududdagi televideniye va radiodasturlarni uzatib berish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va ushbu yo‘nalishda jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati bo‘yicha ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasida sohaga hamda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini rivojlantirish va tartibga solishga oid qonun va qonunosti hujjatlarning mazmun-mohiyati, telekommunikatsiya sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqaro va tadbirkorlik sub’ektlariga aloqador normativ-huquqiy hujjatlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Yig‘ilishda «RRTM» DUK Bosh direktor o‘rinbosari A.Matkarimov tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javoblar va tegishli tavsiyalar berildi. Bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Tadbir ishtirokchilari mamlakatimizda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida, jumladan radioaloqa, radioeshittirish va televideniye yo‘nalishida olib borilayotgan keng qamrovli ishlar to‘g‘risida xabardor bo‘ldilar.