A
x up auto down

«RRTM» DUKda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

«RRTM” DUKda 2017 yilning 18 май kuni xodimlarning ularning dunyoqarashini, shaxsiyatini shakllantirish, ma’naviy-axloqiy jixatdan tarbiyalash, yoshlarni milliy ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ular ongiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish, vatanparvarlik, mexr-oqibat, imonu e’tiqodni tarbiyalash, milliy g‘oyamizni nazariy jixatdan yanada takomillashtirishga qaratilgan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda «9 may-Xotira va qadrlash kuni» va O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasining mazmun-mohiyati, uning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim o‘rniga bag‘ishlandi.
Tadbirni Korxona Bosh direktori G‘. Ziyayev so‘zga chiqib, ochib berdi.

“9 may – Xotira va kadrlash kuni” munosabati bilan xalkimizning ezgu fazilatlari yanada yorqin namoyon bo‘ladi. Bugungi tinch va osoyishta hayotimiz uchun kurashgan insonlar jasorati bekiyosdir. Ana shu voqealar, kechgan og‘ir kunlar yodi bugun nafaqat urush qatnashchilari, balki butun avlodlar xotirasidan hali xamon o‘chgani yo‘q. Shu o‘rinda Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, olovli janggohlardan omon qaytgan bobolarimizga, og‘ir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan, mashaqqatli daqiqalarda ham o‘zligini yo‘qotmagan, imoni butun yurtdoshlarimizga hurmat-ehtirom ko‘rsatish tom ma’noda milliy qadriyatga aylandi. Bu hol yoshlarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, ajdodlarining eng yaxshi an’analaridan faxrlanish, ularga munosib vorislar bo‘lish ruhida tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega.

Xotira – ajdodlarga yuksak xurmat va extirom ifodasi. Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug` deganlaridek, Prezidentimiz tomonidan istiqlolning ilk yillaridan el-yurtimiz taqdiriga daxldor tarixiy adolatni tiklash, ajdodlarimizning ezgu ishlari, jasoratini ulug`lash va abadiylashtirish, mamlakatimizda inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor xalqimizning ana shunday o`lmas qadriyatlari, bebaxo ma’naviy fazilatlarini namoyon etib kelayotganligi yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar tomonidan ta’kidlab o‘tildi.

\

Shuningdek, ishtirokchilari tomonidan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etishini qayd etib o‘tildi. Tadbir ishtirokchilari Harakatlar strategiyasining mamlakat hayotidagi muhim ahamiyati, uning ijrosini ta’minlashdagi dasturiy vazifalar to‘g‘risida xabardor bo‘ldilar.