A
x up auto down

Toshkent Radioteleuzatish markazida bayram munosabati bilan tadbir uyushtirildi

2017 yilning 12 may kuni “7 may Aloqachilarning kasb bayrami” va “9 may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Toshkent Radioteleuzatish markazida tadbir uyushtirildi. Tadbirga Markazda uzoq yillar ishlab mehnat qilgan faxriylar taklif qilinib, bayram dasturxoni yozildi.

Tadbirni Toshkent Radioteleuzatish markazi direktori X. Xolmuxamedov ochib berdi va yig‘ilganlarni ulug‘ ayyom bilan qutladi.

Shuningdek, yig‘ilishda «RRTM» DUK Bosh direktori o‘rinbosari A. Matkarimov, Respublika ma’naviyat-targ‘ibot markazi targ‘ibotchisi J. Shermuxamedova va tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar so‘zga chiqib, yig‘ilganlarga samimiy tilaklarini bildirishdi.

Yig‘ilishda Korxona faxriylari dasturxon atrofida yuz ko‘rishib, bir-birlaridan hol-ahvol so‘rashdi, o‘tgan mehnat faoliyatlaridagi esda qolarli voqealarni eslashdi. Korxonaning uch avlod vakillari bir dasturxon atrofida uchrashib, o‘zaro fikrlar almashildi.

Foto

Tadbir yakunida mehmon va faxriylarga esdalik sovg‘alari topshirildi.