A
x up auto down

«RRTM» DUK xodimlari sohaning faxriy unvonlari bilan taqdirlanishdi

7-may kuni aloqachilarning kasb bayrami nishonlanishi munosabati bilan, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasining yuqori darajada yuksaltirish hamda ravnaqi yo‘lida faoliyat yuritayotgan, mamlakat iqtisodiyoti va sohaning rivojlanishiga o‘zlarining salmoqli hissaslarini qo‘shib kelayotgan Vazirlik tizimidagi aksiyadorlik kompaniyalari, jamiyatlari, korxona, tashkilot, muassasalari hamda mobil aloqa operatorlarining rahbar xodimlari va mutaxassislarining samarali mehnatlarini rag‘batlantirish tadbiri tashkil etildi.

Ushbu bayramona kunda sohasidagi eng yaxshi rahbar va “O‘z kasbining ustasi” belgisi, “Faxriy yorliq” va “Mohir aloqachi” faxriy unvonlari bilan taqdirlandilar.

Taqdirlanganlar qatorida «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» davlat unitar korxonasi Texnik direktori v.b. M. Turg‘unov “Faxriy yorliq”, Investitsiya loyihalari va kapital qurilish xizmati boshlig‘i A. Davladiyarov «Mohir aloqachi», Andijon Radioteleuzatish markazi Bosh buxgalteri E. Xalilova va Navoiy Radioteleuzatish markazi Axborot resurslarini shakllantirish va tahlil qilish guruhi yetakchi mutaxassisi O‘. Kenjayeva “O‘z kasbining ustasi” belgisi faxriy unvonlari bilan taqdirlanishdi. Ushbu topshirilgan unvonlar Korxonamiz faoliyatiga berilgan e’tibor deb bilamiz hamda kelgusida yurtimiz ravnaqi, sohamiz rivoji uchun amalga oshirib kelayotgan ishlarimizni yanada samarali bajarishga chorlaydi.