Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish

Yangilanish sanasi: 2010 yil 23 sentyabr

RRTM DUK radiotelevizion uskunalar parkini modernizasiya qilishda zarur bo‘ladigan loyiha-smeta xujjatlarini sifatli ishlab chiqishni ta’minlash maqsadida 1998 yilning aprel oyida “Aloqa RTV” ShK tashkil etildi.

“Aloqa RTV” ShK quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:

  1. Teleradioeshittirishni tarqatish tarmoqlarini loyihalashtirish va qurish;
  2. Ma’lumot uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish va qurish;
  3. Radiotelevizion uskunalarni o‘rnatish bo‘yicha qurilish, montaj va sozlash ishlari;
  4. Radiotelevizion uskunalar, bino va inshootlarni kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish;
  5. Asosiy faoliyati doirasida izlanishlar olib borish;
  6. Ishlab chiqarishga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish;
  7. Radiotelevizion uskunalarni o‘rnatish bo‘yicha qurilish, montaj va sozlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha podryad ishlari;
  8. Kabel televideniyesi tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish va montaj qilish.

“Aloqa RTV” ShK o‘z faoliyati davrida yirik ob’yektlar bo‘yicha loyiha-smeta xujjatlarini ishlab chiqish va joriy etishda boy tajriba orttirdi. Ularning qatorida quyidagilarni alohida qayd etish mumkin:

  • Toshkent teleminorasidagi radiotelevizion uskunalar kompleksini modernizasiya qilish;
  • JBIC kreditlari asosida butun O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha RTSlarda radiotelevizion uskunalarni reonstruksiya qilish;
  • “Azimut” ob’yektida koinot aloqasi yer usti uzatish tizimini qurish va montaj qilish;
  • Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlarida raqamli televizion uzatgichlarni o‘rnatishda loyihalash, qurish va montaj ishlari.

“Aloqa RTV” ShK o‘z faoliyati turlarida qayd etilgan barcha ishlarni bajarish bo‘yicha manfaatga ega tashkilotlarni o‘zaro manfaatdor xamkorlikka taklif etadi.

Aloqa uchun: Direktor – Raxmanberdiyev Agzam To‘rayevich

Telefon: 380–41-63,
Elektron pochta: aloqa-rtv@mail.ru