Raqamli televideniye
Yangilanish sanasi: 2010 yil 20 dekabr
Bugungi kunda, dunyoning deyarli barcha rivojlangan davlatlari qatorida O‘zbekiston Respublikasida ham yer usti analog televideniyesidan DVB-T (Digital Video Broadcasting-Terrestrial) standartidagi yer usti raqamli televideniyesiga o‘tish jarayoni boshlandi.
2008 yilning sentyabridan RRTM DUK tomonidan Toshkent va Buxoro shaharlarida raqamli televideniye uskunalari tajribaviy foydalanishga kiritildi. 2009 yilning oktyabridan esa Toshkent va Buxoro shaharlarida to‘rtta davlat teledasturlari – “O‘zbekiston”, “Yoshlar”, “Toshkent” va “Sport”, hamda sakkizta tijorat teledasturlaridan iborat dasturlar to‘plamini tarqatish bilan raqamli televideniye xizmatlari ko‘rsatilishi boshlandi. 2010 yil 16 iyundan Toshkent shahrida DVB-T standartidagi raqamli televideniyeda tarqatilayotgan televizion dasturlar soni 25 taga, 2010 yil 18 dekabrdan esa – 36 taga yetkazildi. 2010 yilning sentyabridan Samarqand shahrida ham raqamli televizion uzatgich ishga tushirildi.
Raqamli signallarni uzatish MPEG-4 formatida amalga oshirilmoqda.
Pullik raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatish uchun asosiy muassisi RRTM DUK bo‘lgan «UZDIGITAL TV» MChJ tashkil etildi. 2010 yilning 21 iyunida «UZDIGITAL TV» MChJ teleko‘rsatuvlar tarqatish tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatishga lisenziya oldi va hozirgi kunda abonentlarni pullik raqamli televideniye tarmog‘iga ulash ishlarini amalga oshirmoqda. «UZDIGITAL TV» MChJning ulanish va xizmatlar narxlari bo‘yicha batafsil ma’lumotni www.uzdtv.uz rasmiy saytidan olishingiz mumkin.
Raqamli televideniye abonent qurilmasi
|
«TELMAX ELEKTRONIKS» IChK MChJ tomonidan DVB-T standartidagi yer usti raqamli televideniye abonent qurilmalarini (Set-Top-Box) ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. DVB-T standartidagi yer usti raqamli televideniye abonent qurilmalaridan (Set-Top-Box) foydalanish qo‘llanmasi:
|
DVB-T1000 MP4
|
Qanday ulanish mumkin
Efirda raqamli televideniyeni ko‘rish uchun raqamli televideniye abonent qurilmasini sotib olish va uni televizorga ulash kifoya. Shuningdek DMV diapazonidagi antenna ham zarur. Bu oddiy xona antennasi yoki tashqi antenna bo‘lishi mumkin. Ko‘p hollarda xona antennasi ham sifatli qabul qilishni ta’minlaydi.

RRTM DUK mutaxassislari tomonidan DMV diapazonidagi maxsus tashqi antenna ishlab chiqildi va zarur bo‘lgan hollarda abonentlarga o‘rnatilmoqda.
Raqamli televideniye xizmatlariga abonentlarni ulash punktlarida ulanish mumkin.
Shartli kirish yo‘li
Shartli abonent kirish yo‘li tizimi (TV-kanallarni shifrlash) Gollandiyaning “IRDETO” kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan. Hozirgi kunda raqamli televideniye signallari efirga TV-kanallarni shifrlamasdan uzatilmoqda.
Bizga murojaat shakli orqali xabar yuborsangiz yoki +998 71 129-90-00 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilsangiz, Sizni qiziqtirayotgan barcha ma’lumotlarni olishingiz mumkin.
Davlat resurslari

- O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
www.aci.uz 
- Davlat Hokimiyati Portali
www.gov.uz 
- O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
www.uza.uz - O’zbekiston aloqa tarixi muzeyi
www.aloqamuzeyi.uz


